O‘zbekiston | 21:10 / 12.11.2017
21430
11 daqiqa o‘qiladi

Hafta dayjesti: Sharof Rashidovning yubileyi, Samarqanddagi konferensiya, tadbirkorni bo‘g‘ayotgan Chortoq hokimi va boshqalar

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari, shuningdek, haftaning eng qiziqarli tahliliy maqolalari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.

Haftaning asosiy voqealaridan biri — Jizzax shahrida Sharof Rashidov yubileyi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbirlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sh.Mirziyoyev Jizzaxga keldi va Sh.Rashidov haykali ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Prezident Sh.Rashidov yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashdi

Prezident nutqi: Sh.Rashidov umr bo‘yi o‘z xalqiga yaxshilik qilib yashadi

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi. Kecha Prezident shaharni aylangan va xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zladi. Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev: «Qo‘pol bo‘lsayam aytish kerak, hammasi uxlab o‘tiribdi»

Tadbirkorning yo‘liga to‘siq qo‘yish – bu Prezident siyosatiga qarshi chiqish

Samarqand viloyatida 2 yil ichida qariyb 11 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, 321 ta yirik loyiha amalga oshiriladi, 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Mirziyoyev: «Turizm — paxtachilikka nisbatan bir necha barobar ko‘p daromad keltiradi»

Mirziyoyev Paxtachi tumanidagi vaziyat haqida gapirdi

 

Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini tahdidlarga qarshi birlashishga chaqirdi va transport logistikasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirdi

«Markaziy Osiyo mustaqillik yillarida bundan ham ko‘proq rivojlanishi mumkin edi» — Shavkat Mirziyoyev

Federika Mogerini: Markaziy Osiyo​ ko‘mak qabul qiluvchi emas, iqtisodiy hamkorlarimizga aylanmoqda​

Qozog‘iston Mirziyoyev bildirgan tashabbusni qo‘llagan birinchi davlat bo‘ldi

 

O‘ZBeKISTON:

Rasmiy xabarlar

O‘zbekiston aholisi soni 32,5 milliondan oshdi

ShHT bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevning taklifini qo‘llab-quvvatladi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Yana 3 shahar Toshkent viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan bo‘ldi

 

Iqtisodiyot

OTB vitse-prezidenti O‘zbekistonga keldi, mamlakat 2,9 mlrd. dollarlik investitsiyalarni oladi

O‘zbekistonda investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda go‘sht narxining ko‘tarilib ketishiga nima sabab bo‘ldi?

YeTTB O‘zbekistonda yana 2ta loyihani moliyalashtirishi mumkin va 120 mln. yevro kredit, yangi farmatsevtik zavod qurilishiga 11 mln. dollardan ziyod mablag‘ ajratadi

Markaziy bank: Inflyatsiya sur'atlari pasaytiriladi

2011–2016 yillarda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar oqimi pasaygan

 

Transport

MAK Olmaota va Ostonaga yangi reyslar joriy qilmoqda

O‘zbekistonda turistik avtobuslar ishlab chiqarila boshlanadi

MIB auksionidan 66 mln. so‘m evaziga «Captiva» olish mumkin

Inkassatorlar uchun 300 ta «UAZ» yo‘ltanlamaslari xarid qilindi

Ravon Rossiyada savdolar rekordini o‘rnatmoqda

 

Boshqa xabarlar

O‘zbekiston qizamiq va qizilchadan xoli mamlakat deb tan olindi

Sifati past mobil aloqa uchun jarima solinadi

Rossiyaning har bir federal okrugida O‘zbekiston konsulligi ochiladi 

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yanada pastladi

Toshkentdagi Kinochilar uyi va metro rahbariyati binosi buziladi

 

TAHLILIY XABAR VA MAQOLALAR

Foto: Kun.uz

Chortoq tumani hokimiga chorvachilik begona sohami?

O‘zbekistonda davlat notarial idoralari nodavlat muassasalarga aylantiriladi

Toshkent viloyatidagi paxta dalalarida andijonlik o‘qituvchilar terimga jalb etilgan

Har bahorda shu bo‘lar takror. «Toshshahartransxizmat»​ning «eski»​ yangiligi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi faol harakatlar boshladi

Janubiy Koreyada ishlash: tartib tubdan o‘zgardi. Migrantlar sug‘urta pullarini olib ketishi kerak. Ishlash uchun kimga va qanday murojaat qilish lozim? Kimlar O‘zbekiston nufuziga putur yetkazmoqda?

Video: «Yopiq suv havzasi»ni qurish atrofidagi mashmashalar

Qoraqalpog‘istonlik fuqaroni o‘z joniga qasd qilishga nima majburladi?

Qoraqalpog‘istondagi eng tuzli joy haqida eshitganmisiz?

 

JAHON

Texasdagi ommaviy qotillik

Texasdagi cherkovda yig‘ilganlar o‘qqa tutildi va 26 kishi o‘ldirildi. Ommaviy qotillikni sodir etganning shaxsi aniq

Tramp Texasdagi fojiani yovuzlik akti deb atadi

«U jamiyatga begona edi». Texaslik qotilni sobiq sinfdoshlari eslashdi

Sobiq harbiy 26 kishini otib tashladi. Terakt deb baholanmagan hodisa tafsilotlari

Tramp qurol savdosini cheklamaslikka qaror qildi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi

 

Saudiya Arabistonidagi mojarolar

Saudiya Arabistonida 11 shahzoda va 4 vazir hibsga olindi va ularga ayblovlar qo‘yildi. Aslida gap nimada?

Saudiyalik shahzodalarning hibsga olinishi neft narxiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi

Hibsga olingan shahzoda Al-Volid 2 kun ichida 1 mlrd. dollardan ayrildi

Besh yulduzli mehmonxona saudiyalik shahzodalar uchun qamoqxonaga aylandi

Saudiyada o‘nlab kishilarning hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi

Saudiya hukumati qo‘lga olingan shahzodalarning 800 mlrd. dollar mablag‘ini musodara qiladi, saudiyalik milliarderlar vahimaga tushib qolgan

Saudiya mashmashasi: podshoh 30 nafar yangi sudyani tayinladi

 

Qirg‘iziston

O‘murbek Babanov o‘zbeklarga qilgan murojaati sabab qamalishi mumkin

Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mojaro endi JSTda ko‘riladi

Qirg‘iziston Qozog‘istonning moliyaviy yordamidan rasman bosh tortdi

Mogerini: Qirg‘izistondagi saylovlar butun mintaqa uchun namunaga aylandi

Qirg‘izistonning davlat qarzi 301 million dollarga ko‘paydi

 

Rossiya

Alisher Usmonov APL klubi sotib olinishida hiyla ishlatgan bo‘lishi mumkin

Alisher Usmonov «Gazprom» mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan

Nazarboyev Rossiyani «og‘ir sanksiyalar sharoitida» qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Ramzan Qodirov Suriyada ozod qilingan o‘zbekistonlik ayollar va bolalarni olib chiqib ketishga va'da berdi

 

Tramp Janubiy Koreya, Xitoy va Vetnamda

Tramp: Men tinchlikka kuch bilan erishmoqchiman

Donald Tramp KXDRni AQShning «sabrini sinamaslik»ka chaqirdi

Tramp Rossiya va Xitoyni KXDR bilan diplomatik aloqalarni qisqartirishga chaqirdi

Tramp AQShning orzulari haqida gapirdi

Tramp sammitdagi qabul marosimini erta tark etdi va Putin bilan gaplashmadi

Tramp tashrifi davomida Xitoy va AQSh 280 mlrd. dollarlik shartnomalar tuzishi mumkin

 

QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR

Dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlari reytingi tuzildi

Yo‘lovchi ayol xiyonatdan xabar topgach, samolyotni qo‘ndirdi

Dunyodagi eng ommabop avtomobil modellari ma'lum qilindi

Eng noodatiy gadjyetlar ro‘yxati tuzildi

Marsda fazogirlarni nima kutmoqda?

Olimlar uydagi Wi-Fi signallarini kuchaytirish usulini topishdi

Odamga o‘xshash robotlar bozori 6 yil ichida 10 barobarga o‘sadi

Tadqiqot: mushuklar chaqaloqlarni astmadan asraydi

iPhone X egalari ommaviy ravishda ekrandagi nuqsondan shikoyat qilishmoqda

Pokistonda boshini 180 gradus orqaga bura oladigan o‘smir topildi

Pilotsiz avtomobillarni sinash uchun Janubiy Koreya butun bir shahar quradi

 

SPORT XABARLARI

Ro‘ziqul Berdiyev Sergeyev va Lobanovni tarkibdan chiqardi va izoh berdi

«Paxtakor»ni qutqaring, Ermatov!»

«Neftchi» 25 yillik tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

Puyolni hayron qoldiramiz. Vazirlik «Paxtakor» stadionini talabalar bilan to‘ldirmoqda

Oliy Ligada ishtirok etishni istagan klublar oldiga qo‘yilgan talablar e'lon qilindi

«Real» Ronaldu o‘rniga Neymarni sotib olmoqchi, Ramos ham Neymarni «Real»ga chaqirmoqda

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati hakamlarini e'lon qildi

UYeFA JCh-2018 saralashining eng chiroyli gollarini taqdim qildi

Italiya 60 yilda ilk bor JChni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Oltin to‘p» egasi kim bo‘lishi haqidagi France Football muqovasi ijtimoiy tarmoqlarga yoyildi

Messi terma jamoani o‘z qo‘liga olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

JCh-2018 rasmiy to‘pi smartfon bilan bog‘lanadigan chipga ega bo‘ldi

Amerikalik futbolchi ayol Blatterni shilqimlik qilishda aybladi

Mavzuga oid