17:45 / 28.07.2019
25304

Yakkabog‘ va Urganchdagi mojarolar, «snos» masalasi bo‘yicha yechimlar, tojik-qirg‘iz chegarasidagi keskinlik va haftaning boshqa xabarlari

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalarning eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

Hafta ichida Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

·       Prezident kichik biznes rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarga to‘xtaldi

·       Ikki hafta mobaynida hokimlar har bir mahalla kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim qiladi

·       Prezident videoselektor vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi

·       Prezident: «Hokimlar va o‘rinbosarlari 70 foiz vaqtini tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflaydi»

·       O‘zbekistonda hokimlar ishi yangi tizim bo‘yicha baholanadi

·       Endi viloyat va tuman hokimlari, to‘rt rahbar haftasiga uch kun faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi — Prezident

 

Prezidentning Samarqandga tashrifi

Prezident Sh.Mirziyoyev hududlar rivoji, xalq hayoti bilan yaqindan tanishish, avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash uchun hafta ichida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

·       Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi

·       Prezident Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilishga ko‘rsatma berdi, aeroportda yangi terminal quriladi

·       Samarqandda turistik markaz quriladi

·       Prezident Samarqandda fermerlar bilan suhbatlashdi

·       Prezident Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

·       Samarqand va Jomboy tumanlari 4 sektor rahbarlari ishdan olindi

 

«Snos» muammosi

·       Prezident hokimlarni ogohlantirdi: Zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorning mol-mulki buzilmasligi shart

·       Prezident Urganchdagi holat bo‘yicha bosh vazirga topshiriq berdi

·       Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimlari qattiq ogohlantirildi, kompensatsiya to‘lanmagan joylarni buzish to‘xtatiladi

·       DXX raisi Yakkabog‘ga bordi

·       Ruslanbek Davletov: barcha mahalliy hokimliklardan fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlariga chek qo‘yishlarini talab qilamiz

·       Adliya vaziri: Buzilayotgan uy-joy bilan shu yerda yashagan inson xotiralari ham o‘chiriladi

·       Qashqadaryo hokimi Yakkabog‘ga keldi: tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan bo‘ldi

·       Xorazmda uyi buzilgan odamlar norozi bo‘lishdi – viloyat hokimi 10 avgustgacha muammolarni hal qilishga va'da berdi

·       O‘zbekistonda uy va inshootlar buzilishi kabi holatlarga barham berish maqsadida takliflar ishlab chiqilmoqda

·       Yakkabog‘ tumani hokimi ishdan olindi, uning o‘rinbosari Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi ochildi

·       Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan [Mr1] berildi

·       Kun.uz surishtiruvi: Yakkabog‘da tadbirkor hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Sabab nimada?

·       Organ xodimlari kimni himoya qilishi kerak: zo‘ravon hokimnimi yoki o‘z haqini talab qilayotgan xalqni?

·       «Yakkabog‘ voqeasi»: Qonunlarni oyoqosti qilgan mas'ullar ham jazolanadimi?

 

Xalqaro aloqalar

·       Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan maslahat uchrashuvi qoldirilganiga izoh berildi

·       Afg‘onlararo muloqot bo‘yicha Samarqand uchrashuvining aniq sanasi qachon e'lon qilinishi ochiqlandi

·       BMT baholovchi missiyasi O‘zbekistonga yuboriladi. U saylov jarayonini tashkillashtirishda yordam beradi

·       AQSh O‘zbekistonni TIFA Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etishga taklif qildi

 

Tayinlovlar va o‘zgarishlar

·       Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi lavozim joriy etiladi

·       Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

·       «O‘ztransgaz» rahbari boshqa lavozimga o‘tkazildi va kompaniyaga yangi rahbar tayinlandi. U so‘nggi 2,5 yil ichida beshinchisi

·       «O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

·       Ravshan G‘ulomov prezidentga maslahatchi bo‘ldi

·       Shahar hokimi Iqtisodiyot va sanoat vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

·       O‘zbekistonda mehnat huquq inspektorlari soni ikki barobarga oshiriladi

 

Notarial sohadagi yangilik

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi. Farmonga ko‘ra O‘zbekistonda yana nodavlat notarial idoralari paydo bo‘lishi mumkin.

·       Qator bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi

·       O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etiladi

·       Davlat notarial idoralari nodavlat notarial idoralari etib qayta tashkil etiladi

·       Nodavlat notariuslar qay tartibda ishlaydi?

 

Iqtisodiyot va investitsiyalar

·       O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

·       O‘zbekistonda yer tasarrufi: kecha, bugun, ertaga

·       Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etdi

·       Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qoldi

·       Siqilgan gazni yakuniy iste'molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi

·       Aholi jon boshiga qancha investitsiya mablag‘i to‘g‘ri kelishi aytildi

·       O‘zbekistonning xufiyona iqtisodiyot darajasi oshkor etildi

·       Global innovatsion indeks reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

·       O‘zbekiston YaIM hajmi 5,8 foizga o‘sdi — Davstatqo‘m

 

Bank va moliya

·       XVJ eksperti: O‘zbekistonda to‘lovchilarning sonini oshirish uchun QQSni kamaytirish mumkin bo‘ladi

·       «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

·       Dollarning rasmiy kursi ilk bor 8600 so‘mdan oshdi

·       QQS, ish haqi va pensiyalar: 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

·       Ekspert: «Biz valutafurushlarga jinoyatchi sifatida emas, soliq to‘lovchi sifatida qarashimiz kerak»

 

Transport va energetika

·       Toshkent shahar hokimligi tomonidan ta'sis etilgan korxona butun O‘zbekiston uchun aqlli gaz hisoblagichlar ishlab chiqaradi

·       Yunusobod yo‘nalishida yer osti metro qurilishining ikkinchi bosqichi          boshlandi

·       Gaz o‘rniga ko‘mir: Energetika vazirligi o‘tish natijalari haqida ma'lumot berdi

·       Tadbirkorlik sub'yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi

 

Ta'lim

·       «Apreldan boshlab g‘isht va qum tashishga jalb qilindik». Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Chustdagi o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi

·       383 ta kollej binosi maktablarga beriladi

·       Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomlarning yangi namunalari tasdiqlandi

·       Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas

 

Test–2019

·       DTM rahbari bilan suhbat: Bu yilgi test jarayonlarida nimalar kutilmoqda?

·       DTM rahbari: «Bu yilgi test imtihonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari bo‘lmaydi»

·       Test savolining noto‘g‘riligi isbotlansa, ball faqat da'vogar abituriyentga qo‘shiladimi?

·       Nega kirish imtihonlari uchun abituriyentlardan o‘z bilimidan yuqori bo‘lgan daraja talab qilinyapti? DTM izoh berdi

·       O‘qishga topshirgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmay qolgan. Muammo markazida yana «Narxoz»

 

Jamiyat

·       O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

·       Haj uchun xarajatlar miqdori 5 mln so‘mga arzonlashtirildi

·       Shavkat Mirziyoyevning 10 ta eng muhim tashabbusi aniqlandi

·       Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar soni rekord darajaga yaqinlashdi

·       O‘zbekiston «Jahon musulmon sayyohlik indeksi»da o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga yuqoriladi

·       O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari orasida 48-o‘rinni egalladi

 

Pensiya va ijtimoiy himoya

·       Pensiya yoshi oshirilishiga oid masalaga oydinlik kiritildi

·       O‘zbekistonda ishlovchi pensionerlar soni 130 ming nafar — Pensiya jamg‘armasi

·       Majburiy tibbiy sug‘urta uch bosqichda joriy etiladi

·       Majburiy tibbiy sug‘urta: aholidan majburiy ravishda pul yig‘iladimi?

 

Voqealar va hodisalar

·       Qashqadaryoda fermerlar vakillariga kishan taqildi va ular avtobusga qamab qo‘yildi: Guvohlar voqea tafsilotlarini hikoya qilishdi

·       Buxoroda «Captiva» haydovchisi o‘zini «ranjitgan» haydovchi mashinasini o‘qqa tutdi

·       Samarqandlik haydovchi viloyat YHXB yaqinida yo‘l harakati qoidalarida mavjud bo‘lmagan belgi o‘rnatilganiga e'tiroz bildirdi

·       Biznes, inson huquqlari va xavfsizlik: O‘zbekistonliklar propiska masalasida o‘z munosabatlarini bildirishdi

·       Kun.uz nashri propiska masalasida Ichki ishlar vazirligiga so‘rov kiritdi

 

Dolzarb mavzular

·       Buxorodagi qadimiy karvonsaroylarda restoran ochilishi bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q — Vaziyatga Fransiya elchisi aralashdi

·       Vazirga e'tiroz: «Ona tili va yozuvni texnologiyaga emas, texnologiyani til va milliy yozuvga moslashtirish shart!»

·       «UzASBO» dasturi o‘qituvchilarning haqini «urib» qoladimi? O‘qituvchining Moliya va Xalq ta'limi vazirligiga murojaati

·       O‘qituvchilarning ish haqi «urib» qolinadimi? — vazirliklar murojaatga rasmiy munosabat bildirdi

·       Har hokim almashganda shu bo‘lar takror: Samarqandda do‘konli bekatlarga «buldozer» keladiganga o‘xshaydi

 

Kun.uz reportajlari va surishtiruvlari

·       «Fuqaro auksionda halol yutib chiqqan». «E-IJRO AUKSION» markazi tanqidiy maqola yuzasidan munosabat bildirdi

·       G‘allaorolliklar nega darg‘azab: bu yerda qurilayotgan kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqarish kombinati salomatlik va ekologiya uchun zararlimi?

·       «Adabiyot nog‘ora, ijodkor esa nog‘orachiga o‘xshab qolishi kerak emas» - shoir Mirzo Kenjabek bilan suhbat

·       Buzib tashlangan Ezidyor restorani egasi o‘ziga va'da qilingan binoni olishga urinmoqda

·       Navoiyda boshqacha «qonunlar» amaldami yoxud Konimex hokimi nimani xaspo‘shlamoqchi?

·       «Snos» keltirgan tashvishlar: Qarshidagi «Shoyxo‘ja-2» aholisiga muammolar bartaraf etilgani ko‘rsatilgan yolg‘on xatlar kelmoqda

 

JAHON XABARLARI

MDH yangiliklari

·       Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi hodisani birgalikda o‘rganishga chaqirdi

·       Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida qurolli nizo sodir bo‘ldi

·       Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma: Qirg‘iziston nizo sababli Tojikiston bilan chegarada yashovchilarni evakuatsiya qildi

·       Ukraina oliy radasiga saylovlarning ilk natijalari e'lon qilindi

·       To‘qayev Qozog‘iston prezidentligi uchun Nazarboyev o‘rnini almashtirishga darhol rozi bo‘lmaganini aytdi

·       Turkmaniston prezidenti telekanal orqali ko‘rinish berdi

·       Qirg‘izistonga qaytgan Atamboyev: «Putindan kafolat so‘raganim yo‘q, men faqat Allohdan so‘rayman»

·       Rossiyada ahamiyatga ega saytlarga xorijliklar egalik qilishini cheklash taklif qilindi

 

Jahon yangiliklari

·       Erdo‘g‘an: sanksiyalar orqali tahdid qilish Turkiyani o‘z yo‘lini o‘zgartirishga majbur qila olmaydi

·       Chovusho‘g‘li: Turkiyani NATOdan chiqarib tashlash imkonsiz

·       Britaniyaning yangi bosh vaziri: sobiq jurnalist, keskin bayonotchi va rusofil

·       Ruhoniy: Eron Hurmuz bo‘g‘ozida tartibsizliklar uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

·       Hongkongda namoyishchilarga hujum qiluvchi shafqatsiz to‘da paydo bo‘ldi

·       Turkiyalik general Anqara va Vashington o‘rtasidagi mojaro sababini tushuntirdi

·       Yevropa Ittifoqi AQShning o‘lim jazosi ijrosini tiklaganini qoraladi

·       Janubiy Koreya Rossiya bombardimonchisi sabab ogohlantiruv o‘ti ochdi. Yaponiya Moskva va Seulga protest bildirdi

 

Qiziqarli yangiliklar

·       Yer qa'rida qancha olmos borligini bilasizmi – 1 000 000 000 000 000 tonna

·       Saudiya Arabistonida xorijliklarga turizm sohasida lavozimlarni egallash taqiqlandi

·       Xitoyda 118ta bolani asrab olgan ayol 20 yilga qamaldi

·       Rossiyadagi eng xavfli yuqumli kasalliklar ma'lum qilindi

·       Jahon iqtisodiyotida dollar davri tugashi aytildi

·       Parijda mutlaq harorat rekordi qayd etildi

 

SPORT YaNGILIKLARI

·       Abdusalom Azizov: «Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz»

·       Taymazovdan yana bir Olimpiya oltin medali olib qo‘yildi. U bu safar qaror ustidan arz qilmoqchi

·       Aziz Haydarov va Temur Kapadze O‘FAda mas'ul lavozimlarga tayinlandi

·       O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘ona pastladi

·       «Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi, ularning orasida nikaragualik hujumchi bor

·       Shohrux Gadoyev «Bunyodkor»ga o‘tdi

·       Bokschi Dadashev og‘ir jarohatdan vafot etdi – jangni to‘xtatishga uni zo‘rg‘a ko‘ndirishgan edi

·       Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi

·       Klublararo jahon chempionatining o‘tkazilish sanasi ma'lum bo‘ldi

·        «PSJ» Neymarni yaqin vaqtlar ichida sotmoqchi. Ronaldu uni «Yuventus»da ko‘rmoqchi

·       Tokio Olimpiadasi medallari taqdim etildi

·       «Barselona» Messiga faoliyatining oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi

·       Audi «Barselona» futbolchilaridan ularga sovg‘a qilingan avtomobillarni qaytarishni talab qildi

·       Dunyoning eng qimmat sport klublari reytingi e'lon qilindi

Top