Ötayotgan haftada Özbekistonda va jahon böylab bölib ötgan voqea-hodisalarni, şuningdek KUN.UZda yoritilgan muhim tahliliy maqolalarni yana bir karra yodga olamiz.

ÖZBeKISTON XABARLARI:

Foto: ÖzA

Hafta davomida röy bergan eng katta yangilik — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞga yetib bordi. U BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sözladi. BMT boş minbarida nutq sözlagan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng oğriqli va azaliy muammolardan biri, ya'ni Orol va suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalasiga töxtalib ötdi.

Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qöşma Ştatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoşlar bilan uçraşdi. Vatandoşlarimizdan biri Prezident bilan uçraşuv taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

Paxta terimiga jalb qilingan OTMlar talabalari hamda ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlari 22 sentabrdan dalalardan öqiş va iş joylariga qaytdi. Hukumatning bu irodali qarori tarixiy hodisa sifatida kutib olindi. Barça talaba, öqituvçi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi. Andijon viloyati hokimi talaba, öqituvçi va şifokorlarni paxta yiğim-terimiga jalb qilişni jinoyat deb atadi