O‘zbekiston | 18:50 / 04.02.2018
111036
12 daqiqa o‘qiladi

Inoyatovning ketishi, soddalashtirilgan vizalar, «Avtotest»ga qarshi deputatlar va haftaning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlarini KUN.UZ dayjestida eslab o‘tamiz.

Haftaning eng katta va eng muhim yangiligi, shubhasiz,  O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga 23 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Rustam Rasulevich Inoyatovning iste'foga chiqarilishi bo‘ldi.

 

Ixtiyor Abdullayev MXXning yangi raisi etib tayinlandi.

Otabek Murodov Bosh prokuror bo‘lgani rasman tasdiqlandi

Rustam Inoyatovning yangi ish joyi ma'lum qilindi. U Senat a'zosi bo‘ldi

MXX isloh etiladi, uning ayrim bo‘linmalari faoliyati tugatiladi

 

Hafta ichida Prezident Sh.Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishini o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sh.Mirziyoyev: «Qashqadaryoning salohiyatidan yetarlicha foydalana olmayapmiz»

Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyati bosh soliqchisi ishdan olindi

Tomorqasidan foydalanmagan har bir kishi jarimaga tortiladi - Prezident

«Bir vaqtlar o‘z kasbining haqiqiy egalarini yaqin yo‘latishmagan edi...»

 

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.Karimovning 80 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Jumladan Qarshi shahrida I.Karimov haykali ochildi. Samarqandda esa I.Karimov qabri uzra qad ko‘targan maqbara ziyoratchilar uchun ochib berildi.

Tatyana Karimova Islom Karimov bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi: «Islom Karimov gul sovg‘a qilishni xush ko‘rar edilar»

T.Karimova birinchi prezidentning bolalik yillari haqida ma'lumot berdi

«Hech qachon vakolatlarini suiiste'mol qilmaganiga guvohman» — T.Karimova

T.Karimova Islom Karimov qanday ota, qanday bobo bo‘lganini aytib berdi

 

Hafta ichida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ikkita muhim farmon imzolandi. Ulardan birinchisi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon bo‘lsa, ikkinchisi «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmondir.

7 ta davlatga nisbatan 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilmoqda

O‘zbekiston 1 iyuldan elektron kirish vizalarini bera boshlaydi

O‘zbekiston 39 davlat fuqarolariga turistik viza rasmiylashtiruvini soddalashtirmoqda. Bunday davlatlar soni 52 taga yetdi

O‘zbekiston bilan vizasiz davlatlar soni ko‘paydi

Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi

Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlovchi mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi

1 apreldan FHDYo organlarida oila masalalari Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtiriladi

 

Rasmiy xabar va yangiliklar

Prezidentning virtual qabulxonasi yangilandi

AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinladi

Lola Karimova O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi lavozimidan ketmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

 

Jamiyat

Deputatlar «Avtotest» yuzasidan hukumatga so‘rov yuboradi

Prezident respublikaning har bir tumanida qiynalgan xotin-qizlar uchun 4 qavatli uylar qurishga ko‘rsatma berdi

Saudiya taraqqiyot fondi O‘zbekistonning uch viloyatida 2 mingdan ortiq uy qurilishiga zayom ajratadi

Toshkent aholisi so‘nggi besh yilda qanchaga ko‘paygani aytildi

Beeline O‘zbekiston 1 fevraldan abonent to‘lovini oshirmaydi

O‘zbekistonda telefon raqamlari to‘qqiz xonali songa o‘tkaziladi

14 fevraldan sovuq suv tarifi oshadi

2018 yilda 8 ta shahar, 30 shahar posyolkasining bosh rejalari ishlab chiqiladi

 

Iqtisodiyot va moliya

Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratishni ma'qulladi

Jizzax avtomobil zavodi shu yil qurib bitkaziladi

2017 yil necha tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilgani ma'lum

O‘zbekistondagi banklarda tushlik vaqti o‘zgardi

Shakar narxi o‘sishiga asosiy sabab nima?

 

Ta'lim

Surxondaryoda uchta oliy ta'lim muassasasi filiali ish boshlaydi

Jizzax aviatsiya bilim yurti Qashqadaryoga ko‘chiriladi

Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari maoshini oshiriladi

O‘zbekistondagi yana uchta oliy o‘quv yurtida sirtqi ta'lim ochiladi

Mirziyoyev O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyati bo‘yicha qaror imzoladi

 

Tibbiyot

O‘zbekistonda «Aqlli tibbiyot» tizimi joriy etilmoqda

Qashqadaryolik yoshlar uchun tibbiyot oliygohlaridagi qabul kvotalari oshiriladi

2018 yilda tibbiyot inshootlarini qurish uchun 803 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan

O‘zbek olimlari kasallik turi va og‘irligini aniqlash imkonini beruvchi model yaratishdi

 

Transport

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Dubayga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekistonda yangi 303 ta avtobus yo‘nalishi ochiladi

Sergeli metro liniyasi Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan usulda bunyod etilmoqda

Toshkent metropoliteni daromad ola boshladi

GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda avtomobillar ishlab chiqarmaydi

 

Huquq tartibot

Toshkentda «maxsus patrul» guruhlari tashkil etildi

Eski haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini olish qanchaga tushadi?

Haydovchi bong uradi: Olmazor tumanlararo RIBning bir kuni

Chinoz yo‘lidagi fotoradarlar sinov tariqasida ishlamoqda

1 apreldan boshlab sudya og‘ir jinoyatlarni yakka tartibda ko‘radi

Toshkentda xorijga chiqish stikerini rasmiylashtirish vaqtinchalik to‘xtatiladi

 

Tahliliy maqola va materiallar

Foto: KUN.UZ

Tanasidan 16ta igna topilgan 11 oylik chaqaloqqa suiqasd qilinganmi? Chaqaloqning onasi: «Nahotki, farzandimni o‘z qo‘llarim bilan nobud qilishga urinsam?». Bosh prokuratura: aybdor aniqlanib, jazoga tortiladi

1100dan ortiq talabalar o‘quv binosidan chiqarilmoqda

Maynavozchilik bas qilinib, Farg‘ona hokimi uzr so‘rashi kerak — tamom!

Qur'on musobaqasida ro‘y bergan voqea ko‘pchilikning ko‘ziga yosh keltirdi

Tuman hokimi nega arzon go‘sht yetkazib berishni istamaydi?

Ahmadboyga mashinasini topshirganlardan 105 nafari o‘z avtomobillarini qaytarib olishdi

 

MDH xabarlari

Qozog‘iston iqtisodiy erkinlik reytingida Markaziy Osiyodagi yetakchiga aylandi

Aqto‘beda yonib ketgan avtobus haydovchilari sudga yetkazildi

Qozog‘iston soqol va hijob masalalariga oid Qonun loyihasini ishlab chiqmoqda

Tojikiston Xitoy ekspansiyasi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Jeenbekov Rahmon bilan uchrashdi. Muzokaralarida nima muhokama qilindi?

AQSh «Kreml hisoboti»ni e'lon qildi. Ro‘yxatda Alisher Usmonov ham bor

Rossiyada ham mehnat migrantlari uchun Green card joriy etish mo‘ljallanmoqda

Ukraina BMT Xavfsizlik kengashi bo‘yicha kutilmagan taklif bilan chiqdi

Belarus Rossiyaga oziq-ovqat mahsuloti eksportini kamaytiradi

Turkmanistonda benzin 50 foizga qimmatlashdi

 

Yaqin Sharq

Turkiya Suriya hududlarini egallab olmoqchi emas – Erdo‘g‘an

Mahmud Abbos Trampning Al-Quds bo‘yicha qarorini tanqid qildi

Saudiyada korrupsiya uchun ushlangan shahzodalarning barchasi ozod etildi

Saudiya Arabistonida xorijliklarga do‘konlarda ishlashni taqiqlashmoqchi

Saudiya Arabistonida ayollarga restoranlarda ishlashga ruxsat berildi

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi o‘z ishini tiklamoqda

Kongress ishtirokchilari: Suriya demokratik davlat bo‘lishi lozim

Iroq Saudiya Arabistoni bilan chegarada IShIDga qarshi amaliyot boshladi

 

Yevropa va AQSh

AQSh: Rossiya sanksiyalar tufayli milliardlab dollarlik qurolni sota olmadi

Ruslar beqarorlashtiruvchi harakatlarni to‘xtatmagunga qadar – AQSh sanksiyalar haqida

Stokholmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilovga ayblov e'lon qilindi. Politsiya Rahmat Oqilovni teraktdan uch oy avval kuzatgan

Bolgariyada qimmatbaho mashinalar egalari tekshirilmoqda

«Rossiya ta'siri bilan kurashish uchun» - YeI chegaralarini kengaytirmoqchi

Brexit’dan keyin Britaniyaga keluvchi YeI fuqarolari huquqlari cheklanishi mumkin  

 

Jahon yangiliklari

Olimlar dunyoning barcha xalqlari uchun universal tilni ma'lum qilishdi

Dunyo davlatlarining innovatsiyalar indeksi e'lon qilindi 

Inqirozlar davom etayotgan davlatlardagi 48 mln bolaga 3,6 mlrd dollarlik yordam talab etilmoqda

Hongkong qatorasiga 24-yil erkin iqtisodiyot bo‘yicha jahonda tengsiz bo‘ldi

Venesuela hukmron partiyasi Maduroni prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida tanladi

 

Gadjyetlar

Ekspertlar yangi modeldagi iPhone qachon chiqarilishi mumkinligini aytishdi

Elektr energiyasini tejashda yordam beruvchi 10 ta qimmat bo‘lmagan gadjyet

iPhone X ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda

Apple daromadi rekord darajani qayd etdi

Yangi standartdagi xotira smartfonlar tezligini ikki baravarga oshiradi

 

Ilg‘or texnologiyalar

«Xitoy tahdidi». AQShda 5G yuqori tezlikdagi milliy tarmog‘i yaratilishi mumkin

Xitoyda 600 km/soat tezlik bilan harakatlanuvchi poyezd ishga tushiriladi 

Saratonga qarshi universal vaksina sinovdan o‘tkazildi

Instagram videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Aston Martin Valkyrie giperkari Oy changi qo‘shilgan bo‘yoq bilan bo‘yaladi

 

SPORT YaNGILIKLARI

Xitoyda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib qaytgan U23 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim tunda Toshkentda qizg‘in kutib olindi.

Foto:  KUN.UZ

Chempionlar Toshkent ko‘chalarini aylanishdi. Prezident sovg‘asi, chempionlik paradi va tantanalar.

Umid Ahmadjonov: «24 soat ishlab bo‘lsa-da, O‘zbekistonni JChga olib chiqamiz»

Milliy terma jamoani chempion yoshlarga topshirish to‘g‘ri bo‘ladimi?

Jimjitlik: «Paxtakor»ning chempionligi haqqoniymidi?

«Nasaf» o‘z g‘alabasini islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi va OChLning guruh bosqichiga chiqdi. «Paxtakor»ni esa arab klubi to‘xtatib qoldi

Ravshan Haydarov nima sababdan to‘liq tarkib bilan ketilmaganiga izoh berdi va terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi

2-turda «Bunyodkor» - «Paxtakor», 9-turda «Lokomotiv» - «Paxtakor». Superligaga qur'a tashlandi. Superliganing yangi bosh sovrini taqdim etildi

Futzal. OCh. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Murabbiy Tojikiston ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi

Sochida butunjahon boks forumi, G‘.Rahimov va O‘zbekiston vakillari o‘sha yerda

O‘zbekiston termasi 5ta oltin bilan Hindistondagi turnirni birinchi o‘rinda yakunladi

Messi bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

«Real»ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 9 futbolchi

«Barselona» navbatdagi rekord sari ketmoqda

Top-10. Qishning eng asosiy transferlari

«Real» Ronaldu talabiga rozi bo‘ldi

APL eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingida uchta o‘zgarish yuz berdi

Mavzuga oid