Hafta dayjesti: Mirziyoyev Sergelida, narxi keskin oşgan benzin, «Lokomotiv» - çempion, taxtdan qulatilgan Mugabe va boşqalar
|03:33 / 20.11.201733 0299 min
Yakunlanib borayotgan haftada Özbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari, şuningdek, haftaning eng qiziqarli tahliliy maqolalari bilan KUN.UZ dayjestida tanişing.
Haftaning asosiy voqealaridan biri — Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi
Özbekistonda jinoyatlarning har törttadan bittasi işsizlar tomonidan sodir etilmoqda
«Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasining iş samaradorligi oşiriladi
Şavkat Mirziyoyev bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarini közdan keçiriş, yangi qurilayotgan uy-joylar va boşqa obektlar bilan tanişiş maqsadida Toşkent şahrining Sergeli tumaniga bordi.
Özbekistonda 15 noyabrdan avtobenzin va dizel yoqilğisi narxi örtaça 1,5 barobarga oşirildi. Bu haqda Özbekiston hukumati qarori çiqarilgan. Unga köra Ai-80 rusumidagi benzin narxi 3800 sömga yetadi.
Rossiyada işlaş istagida bölgan özbekistonliklar aniq iş joylari bilan ta'minlanadilar
JAHON
Haftaning muhim yangiligi — Zimbabveda 37 yildan buyon hukmronlik qilib kelgan diktator Robert Mugabening ağdarilişi böldi. Harbiylar poytaxni qölga olişdi va Mugabeni uy qamoğiga taşlaşdi.