Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi, Andijonning so‘kong‘ich hokimi, «Xarxara»ga aylangan «Sharshara», Misrdagi terakt, ketkazilgan Mugabe va boshqalar
Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari, shuningdek, haftaning eng qiziqarli tahliliy maqolalari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.
Haftaning asosiy voqealaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya davlat tashrifi bo‘ldi.
- Koreya – O‘zbekiston biznes forumi o‘tkazildi va unda Sh.Mirziyoyev ishtirok etdi
- Mirziyoyev: «Men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatlayman»
- «2025 yilga borib Doing business reytingida kuchli yigirmatalikka kiramiz»
- Koreya o‘zaro munosabatlarni 3 asosiy strategik yo‘nalish bo‘yicha rivojlantiradi
- O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida dori-darmonlar ishlab chiqariladi
- O‘zbekistonda koreyaliklar bilan hamkorlikda kiyim ishlab chiqariladi
- O‘zbekistonda koreyalik mutaxassislar yordamida teletibbiyot rivojlantiriladi
- Koreyaning investitsiyalari hajmi 5 mlrd. dollardan oshdi
- O‘zbekiston va Janubiy Koreya deyarli 9 mlrd. dollarlik kelishuvlarni imzoladi
- Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqidagi xabar bo‘ldi.
- Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boshlab byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 martaga (15 foiz) oshiriladi.
Hafta ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama va munozaralarga sabab bo‘lgan voqea — Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayevning yig‘ilishda shahardagi maktablar, kollejlar va akademik litseylar rahbarlarini so‘kib haqoratlagani, ayol direktorlarni tahqirlab yerga urgani ifodalangan audioyozuv paydo bo‘ldi.
Haftaning rezonansli voqelaridan yana biri — Olmazor tumanida joylashgan «Sharshara» brendi ostida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «Gold Premium Product» MChJga tegishli korxona ko‘zdan kechirilganda, 69,6 kg eshak go‘shti boshqa go‘sht turlariga qo‘shib yuborilgani aniqlandi.
O‘ZBeKISTON XABARLARI
Innovatsiya va iqtisodiyot
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
- Samarqandda «Samarkand City» aqlli shahri va olimpiya shaharchasi bunyod etiladi
- O‘zbekistonda «yashil shahar»lar ko‘payadi
- Toshkentda chiqindilarni alohida tashish loyihasi bekor qilinadi
- Toshkentda xalqaro media-forum bo‘lib o‘tadi
- Qachon naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat beriladi?
O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlari
- Toshkentga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari keldi
- O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtomobil qatnovi bo‘yicha bayonnoma kuchga kirdi
- O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aviareyslar soni oshiriladi
- O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llar sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari
«TALKO O‘zbekiston tabiiy gazini olishdan manfaatdor emas»
- YeOTB: Tojik-o‘zbek munosabatlarining normallashuvi Rog‘un GES qurilishini tugatishda yordam beradi
- «O‘zbekiston va Tojikiston Rog‘un bo‘yicha maqbul yechimni topishi kerak»
- Tojikiston O‘zbekistondan gaz xarid qiladi, biroq aholi uni olmaydi
Transport va logistika
- Asakadagi zavodda kompakt krossoverlar seriyali ishlab chiqarilishi boshlanadi
- O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilar uchun menyuni o‘zgartirmoqchi
- Samarqand avtomobil zavodining ishlab chiqarish liniyasidan 30 minginchi mashina chiqib keldi – foto
- Toshkent avtobuslarida ham to‘lovlarni avtomatlashtirish boshlandi
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilar uchun menyuni o‘zgartirmoqchi
Energetika
- Qishki mavsumda uzluksiz elektr ta'minoti bo‘ladimi?
- «O‘zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
- O‘zbekistonda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida yangi uslubdan foydalaniladi
- O‘zbekistonni ta'minlaydigan elektr energiyasini faqat shamolning o‘zidan olishga salohiyat bor — «O‘zbekenergo» mulozimi
Jamiyat hayoti
- Samarqandda hosil bayrami — xalq sayli bo‘lib o‘tdi
- Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog‘istondan topilgan
- O‘zbekiston global terror reytingida eng quyi pog‘onalardan birida qayd etildi
- «Buyuk Ipak Yo‘li 2017/18» ekspeditsiyasi O‘zbekiston orqali o‘tadi
- Toshkentlik uch opa-singil o‘limining sababi ma'lum bo‘ldi
Yoshlar siyosati
- O‘zbekistonliklarning necha foizi Konstitutsiyani o‘qigan?
- Harbiy xizmatni o‘taganlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan o‘qishga kirishi mumkin bo‘ldi
- Oliygohlarda maxsus sirtqi va kechki ta'limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi
- O‘zbekistonda yangi davlat mukofoti ta'sis etildi
Diniy ma'rifat
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Islom tarixi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
- Musulmonlar idorasi Qur'on kurslariga qabullar nima uchun amalga oshirilmayotganini izohladi
- Sun'iy urug‘lantirish to‘g‘risida Musulmonlar idorasining fatvosi chiqadi
- O‘zbekistonning har bir mehmonxonasida Qur'on, joynamoz va qibla ko‘rsatkichi bo‘ladi
JAHON YaNGILIKLARI
Hafta ichida Misrdagi masjidlardan birida mudhish terakt amalga oshirildi. Terakt natijasida 300 dan ziyod kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Misrda terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilindi.
- Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga ta'ziya izhor etdi
- Misrda masjiddagi teraktga aloqador bo‘lgan jangarilar dronlar yordamida yo‘q qilindi
- Misrda teraktdan keyin 30 jangari va ularga tegishli qurol omborlari yo‘q qilindi
- Misr masjididagi qurolli kimsalar IShID bayrog‘ini olib yurishgani aytilmoqda
- Misrda jangovar tayyorgarlikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi
Hafta ichida Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov qasamyod qabul qildi va rasman mamlakat prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U respublikaning beshinchi prezidenti bo‘ldi.
- «Mintaqa uchun fenomen». Qirg‘izistonda yangi prezidentga hokimiyat ilk bor tinch yo‘l bilan topshirilmoqda
- Sooranbay Jeenbekov: Qirg‘iziston manfaati hamma narsadan ustun bo‘ladi
- Jeenbekov eng asosiy e'tiborni nimaga qaratishini aytdi
- Qirg‘izistonliklar yangi prezidentdan nimalar kutmoqda?
Markaziy Osiyo
- «Yashirib o‘tirmayman». Atamboyev Qozog‘iston bilan vaziyatda Rossiya manfaati va endi nima qilishi haqida gapirdi. Shuningdek, undan voz kechgan qarindoshlar, «sotmagan» Jeenbekov va Babanovning O‘shdagi nutqi haqida
- Jeenbekov Atamboyevni qahramon deb e'lon qilmoqchi
- Atamboyev Qirg‘iziston kelajagidan xavotirda emasligini aytdi
- «Sha'nimga dog‘ tushirmagan farzandlarimga rahmat» — Atamboyev
- Atamboyev: Islom Karimov meni hech qachon kechirmasligini yaxshi tushunganman
- Qirg‘iziston BMTda Qozog‘istondan shikoyat qildi
- «Atamboyev ruhiy kasal va piyonista» — Qozog‘iston senati raisi
- Mustaqillik yillarida Qozog‘iston fuqaroligini bir mln.dan ortiq kishi qabul qildi
- «Qozog‘iston turkiy tilli davlatlarning eng yaxshi tajribalarini o‘zlashtirishi kerak»
- Tojikiston ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi mumkin
- Tojikistonda barcha radiostansiyalarga Rahmonning asarlarini o‘qish topshirig‘i berildi. IIV boshlig‘i Rahmon haqida qo‘shiq yozib berdi
- Tramp va Putin Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qilgan
- Sayfullo Soipovga 22 ta holat bo‘yicha ayblov qo‘yildi
Zimbabveda Robert Mugabe taxtdan ketkazildi
- Mugabening o‘rnini kim egallashi mumkinligi aytildi. U qo‘yilgan talablarga rozi. Endi uning mulki musodara etiladimi?
- Zimbabveda yangi prezident o‘z lavozimini bajarishga kirishdi. Yangi prezident G‘arb davlatlariga murojaat qildi va oq tanli fermerlarga va'da berdi. Prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi aytildi
- «Hammasi qonuniy bo‘lgan»: Zimbabve oliy sudi bayonot berdi
Erdo‘g‘an va Turkiya
- Erdo‘g‘an NATO mashg‘ulotlaridagi mojaro butun turk xalqiga qarshi qaratilganini aytdi
- Erdo‘g‘an G‘arbni islom dunyosini barbod qilishga urinishda aybladi
- Turkiya prezidenti 65 yil ichida ilk bor Gretsiyaga tashrif buyuradi
- Erdo‘g‘an: Anqara Damashq bilan siyosiy aloqalar uchun ochiq
Yaqin Sharq
- Arab Ligasi Hizbullohni «terrorchilik tashkiloti» deya qoraladi va Eron mintaqani «jarlikka itarayotgani»ni ta'kidladi
- Eron prezidenti IShID tugatilganini e'lon qildi
- Putin Suriyadagi harbiy amaliyot haqida gapirdi
- Eron prezidenti Arab davlatlari ligasini «eskirgan» tashkilot deb atadi
- Falastin AQSh bilan aloqalarni uzmoqda
- Falastinda 2018 yil oxirigacha prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi
- Yaqin Sharqning yangi Gitleri kim?
- AQSh Suriyadagi harbiylari sonini kamaytirib ko‘rsatgan
QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR
Avto va transport
- Yevropadagi eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi
- Yevropadagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi tuzildi
- Elektromobillarning jahon savdosi 63 foizga o‘sdi
- Singapurda haydovchisiz harakatlanuvchi avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
- 2018 yilda transport sohasi uchun 5 bashorat: kosmosdagi turistlar va uchar Teslalar
- Elektrokarlar ishlab chiqaruvi 10 ta yirik korxonadan 6 tasi Xitoyda
Inson va pul
- Amazon rahbari boyligi 100 milliard dollarga yetgan ilk odam bo‘ldi
- Bitkoin tufayli boyib ketgan 6 kishi va 1 mamlakat
- 30 yoshda boylikdan qanday oqilona foydalanish mumkin?
- Eng yuqori maosh beruvchi mamlakatlar Top-10 ligi
Texnologiya va gadjyetlar
- iPhone X bilan bog‘liq yana bir muammo aniqlandi
- Apple iPhone uchun bukiluvchi displey yaratdi
- Ekspert iPhone 8S qanday ekran bilan chiqarilishini bildirdi
- Inson harakatlarini takrorlay oladigan robot yaratildi
- Uy doimo issiq bo‘lishi uchun qanday isitgich xarid qilish kerak?
Tibbiyot
- Qishda tug‘ilgan chaqaloqlar ulg‘aygach insultga moyilroq bo‘lishadi
- Shakar yaralarni tezroq bitirish xususiyatiga ega ekan
- Olimlar ozishda ko‘maklashuvchi ziravor nomini aytishdi
- Kayfiyatni ko‘tarishning tekshirilgan 10 usuli
Boshqa xabarlar
- Dunyoning siz eshitmagan va ko‘rmagan 7 mo‘'jizasi
- Xitoyda aholi soni qaytadan hisoblab chiqildi
- Bryus Lidan o‘rganish mumkin bo‘lgan 7 ta hayotiy dars
- 2017 yilning eng asosiy 10 ixtirosi
- «Uzr, shunday bo‘lib qoldi». Aybi isbotlanmagan amerikalik qamoqda 39 yil o‘tirdi
SPORT XABARLARI
- «Lokomotiv» derbida «Bunyodkor»ni yengdi va chempionlikni nishonladi
- Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatiga kiritildi
- O‘zbekistonda Superliga tashkil etiladi
- Javoblarga savollar. Biz rostan ham superlashyapmizmi?
- Lobanov muxlislarni haqoratladi. Endi uni qanday jazo kutadi? «Paxtakor» Aleksandr Lobanov bo‘yicha bayonot berdi.
- Lobanov nega jazolanmadi? Reglamentni yirtib tashlash kerakmi?
- PFL «Nasaf»ga belgilangan 100 mln. so‘m jarimaning bir qismini muxlislar to‘lab bermoqchi
- «Real» inqirozini ifodalovchi 18 fakt
- O‘zbekiston FIFA reytingida yanada pastladi
- Bilich, Matstsari va Bert van Maarveyk — O‘zbekiston MTJni boshqarish uchun 9 nomzod
- Rossiyalik sportchilar 2014 yilgi Olimpiadaning 9 ta medalidan mahrum etildi
Mavzuga oid
12:30 / 01.10.2024
O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi” o‘tkaziladi
01:03 / 13.09.2018
Ulan-Batordagi iqlim o‘zgarishiga doir haftalikda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
21:59 / 14.05.2018
Yaponiyadagi “O‘zbekiston haftaligi”da ishtirok etadigan delegatsiya tarkibidan kimlar o‘rin oldi?
08:13 / 20.02.2018